23 Oktyabr 2023 yil 7368

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi bo‘sh ofitserlik (Profilaktika (katta) inspektori) lavozimlariga qabul qilish uchun tanlov E’LON QILADI.

     Surxondaryo viloyati IIB 2023 yilning 23 oktabr kunidan 2023 yilning 02 noyabr kuniga qadar Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimlarida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishga ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qiladi.

         Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik
va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezerv yoki oliy ta’lim muassasalarini harbiy kafedrasini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni yuqorida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, tug‘ulganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (ilovasi bilan), harbiy guvohnomasining asli va 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnomalar bilan kelishlari so‘raladi.

         Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Kattabog‘” mahallasi, Navbahor ko‘chasi.

Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi.

 

SURXONDARYo VILOYaTI IIB MMI va KBTX 

Text to speech