4 Iyun 2024 yil
389
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganilmoqda
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari
tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga
tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad xodimalarning individual–psixologik xususiyatlari,
kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik
va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash,
o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho
berishga qaratilgan.
Surxondaryo
viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.