Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan navbatdagi sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibiga sportning qo‘l jangi, boks, kurash, sambo,
dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi turlari, shuningdek, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil
atletika, og‘ir atletika, suvda suzish, sportcha
suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlaridan mashg‘ulotlar
o‘tkazildi.
Bu o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning
tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini
shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish,
kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, tezkorlik,
shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak
ma’naviy-ruhiy sifatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.