3 Iyul 2024 yil
346
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar" mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari
faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib
kelinmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga
xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dastur-ul amal bo‘la oladigan tuzilmaga
aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari
xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov
boshqarmasi, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi, viloyat IIB Migratsiya
va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari
o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi
va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni
ta’minlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov
departamenti ma’sul xodimi podpolkovnik G‘.K.Nabiev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik X.N.Atanazarov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaroyo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi N.Norqobilov ishtirok etib yig‘ilish
ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yig‘ilish
so‘ngida ma’sullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli
topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.