8 Oktyabr 2024 yil
392
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik hususiyatlari o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash
guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad xodimalarning individual–psixologik
xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik,
bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini
ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga
to‘g‘ri baho berishga qaratilgan.
Surxondaryo
viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.