30 May 2025 yil 1023

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning “KURASh” turi bo‘yicha “viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

“O‘zbekistonda yangi uyg‘onish — Uchinchi Renessans” davrida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning ilk kunlaridanoq  muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan ikkita masala, ya’ni aholi salomatligi va xavfsizligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Quvonarli tomoni shundaki, har bir xodim uchun sport bilan shug‘ullanish – kunlik hayot tarziga aylanmoqda.

Sohada, ayniqsa,  kurash, sambo, dzyudo, boks, futbol kabi sport turlari bilan professional darajada shug‘ullanayotgan xodimlarimiz soni ko‘paymoqda.

Joriy yilning 30-may kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sport majmuasida “Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari  o‘rtasida sportning “KURASh” turi bo‘yicha “viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

5 ta vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqada polvonlar murosasiz keskin kurashlar olib bordi.

musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra,  

73-kg  1-o‘rinni Muxammatov Sayfiddin

81-kg  1-o‘rinni Jo‘raev Sarvar

90-kg  1-o‘rinni Qudratov Sirojiddin

100-kg 1-o‘rinni Ashurov Begzod

+100-kg 1-o‘rinni Nodirov Ziyadullolar o‘z vazn toifalarida musobaqaning mutloq g‘oliblari bo‘lishdi.

O‘tkazilgan kurash musobaqasining “Eng yaxshi texnika ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha – Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori podpolkovnik Shuhrat Bekmurodov, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi” nominatsiyasi bo‘yicha – Surxondaryo viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi katta mutaxassisi kichik serjant Ziyadullo Nodirovlar munosib-deb, topildi.

Musobaqada ishtirok etgan xodimlar va sovrindorlar, diplom, medal hamda qimmatboho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech