26 May 2025 yil
485
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muammolari joyiga chiqilgan holda o‘rganilmoqda.
Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiging tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlari qo‘l ostida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining oilaviy ahvoli va yashash sharoitlarini o‘rganib, ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
O‘rganish jarayonida, xodimlarning
yashash shart-sharoitlari, sog‘liklari, oiladagi iqtisodiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa bir qator muammolariga e’tibor qaratilmoqda.
Bu o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning
ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda ichki ishlar organlarida ma’naviy
va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan.
Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.