Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik hususiyatlari o‘rganilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad xodimalarning
individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini
bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda
psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l
topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishga qaratilgan.
Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.