Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari tezkor qidiruv va patrul-post xizmati xodimlarini kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tezkor qidiruv va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023-yil 5-sentabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 11-sentabr kunidan Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qism bazasida 3 (uch) kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.Mazkur o‘quv yig‘ini viloyat ichki ishlar organlarining tezkor qidiruv va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarining fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyati, vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘quv yig‘inlarini sifatli
va samarali tashkil etish maqsadida viloyat IIBning sohaviy xizmatlaridan boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar, mutaxassislar,
yuqori malakaga ega ilmiy-pedagoglar hamda harbiy qismning malakali
harbiy xizmatchilari jalb etildi.