Surxondaryo viloyati bo‘ylab avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, kuchaytirilgan maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Reydlar davomida davlat
raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlangan, spirtli ichimlik iste’mol
qilib transport vositasini boshqargan hamda avtomashina old yon oynalarini ruxsatsiz
qoraytirgan, qayta jihozlangan, muddati o‘tgan jarimalari mavjud va "Qidiruvda"
bo‘lgan transport vositalari aniqlanib tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda.