10 Aprel 2025 yil 1096

Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning Xalq deputatlari viloyat Kengashining to‘qqizinchi sessiyasida hisoboti tinglandi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalarga ko‘ra, “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashining navbatdagi yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash” hamda “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2025 yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili, joriy yilda ko‘riladigan ta’sirchan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning hisoboti va takliflari eshitildi.

Shuningdek, sessiyada boshqarma boshlig‘i deputatlarning mavzuga oid savollariga ham javob qaytardi.

Text to speech