31 Yanvar 2025 yil 970

Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov Xalq deputatlari viloyat Kengashining beshinchi sessiyasida hisobot berdi

Bugun Surxondaryo viloyatida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masalalarga ko‘ra, Prezidentimizning 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-son va 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-son qarorlari hamda “Ichki ishlar  organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida, 2024 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda joriy yilda ko‘riladigan ta’sirchan chora-tadbirlar, istiqboldagi vazifalar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, sessiyada boshqarma boshlig‘i deputatlarning mavzuga oid savollariga ham javob qaytardi.

Text to speech