Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi
Kuni kecha, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati
sudi xodimlari ishtirokida Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga
to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Termiz Davlat universiteti
“Fizika-matematika” fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida ma’ruzachilar
tomonidan korrupsion jinoyatlarning kelib chiqishiga sharoit yaratuvchi
sabab va omillar, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan
jazo choralari hamda jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Xususan tadbirda so‘zga chiqqan
viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Kadrlar guruhi katta inspektori mayor Sh.Rahimov korrupsion jinoyatlarni
sodir etilishida talaba yoshlarning ishtirok etayotganligi achinarli ekanligini aytib
bu borada yig‘ilish ishtirokchilarga amaliy misollar keltirdi.
Tadbir yakunida ma’ruzachilar talaba yoshlar tomonidan
berilgan savollarga javob berishdi.