19 May 2023 yil
369
Surxondaryo viloyatida IIVning 2023-yil 10-may kunidagi 128-son farmoyishiga asosan tashkil qilingan sayyor o‘quv kurslari davom etmoqda.
Ushbu sayyor o‘quv kurslari targ‘ibot guruhlariga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yunaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori asosida tizim faoliyatiga doir yangi qabul qilingan idoraviy hujjatlarni mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish bo‘yicha zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda amalga oshirilmoqda