9 Avgust 2023 yil 324

Surxondaryo viloyati IIBda “Intizom oyligi” doirasida xodimlar bilan psixologik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 26 iyun kunidagi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Termiz va Bandixon tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari xodimlariga "Fuqarolar bilan professional ishlash tayyorgarligini yanada oshirish" bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida, “Xodimlar tomonidan fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional ekspressiv harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish” yuzasidan mutaxassis psixologlar tomonidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Text to speech