21 Avgust 2023 yil 1759

Surxondaryo viloyati IIBda Ichki ishlar organlariga xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlardan psixologik testlar olindi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixolog xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tarkibidagi lavozimlarda ishlash istagini bildirgan nomzodlarning psixoemotsional holatlarini o‘rganish maqsadida ulardan individual-psixologik testlar olindi.

Test olish yakuni bilan har bir nomzodning natijalari yuzasidan xulosalar tayyorlandi.

Individual-psixologik testlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Text to speech