11 Mart 2023 yil 170

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Karrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati” mavzusida tashkil etildi

Joriy yilning 11 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Karrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergov qismi korrupsiya, firibgarlik va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish guruhi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi kapitan Sattarov Jumakeldi O‘ktamovichning korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga yuzasidan tayyorlab kelgan ma’ruzasida, mamlakatimizda karrupsiyaga qarshi kurashishga doir O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Prezidentimiz Qarorlari hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda erishilgan muvafaqqiyatlar haqidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB Davolash profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi tomonidan xodimlar o‘rtasida ortiqcha vaznni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish maqsadida tayyorlab kelingan videorolik namoyishi bo‘lib o‘tdi.  

 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech