Surxondaryo viloyati IIBda yosh xodimlar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda yosh xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy ma’naviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.