5 Iyul 2023 yil 385

Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma 102 xizmati xodimlarining oilaviy sharoitlari o‘rganildi.

Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari-tezkor qidiruv departamenti boshlig‘ining ko‘rsatmasiga asosan Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma 102 xizmati tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimalar va oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.  

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.  

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimalar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.

Text to speech