26 Yanvar 2023 yil 1646

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi hamda xorijiy ta’lim muassasalariga 2023-2024 o‘quv yili uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga:

Akademiyaga o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlari va tizimlarida safdorlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tayotgan o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinadi.

Fuqarolar hamda ichki ishlar organlarning safdor va serjantlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tayotgan xodimlar uchun Akademiyaga yoshi o‘n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan.

O‘qishga o‘rta ma’lumotli, bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan jismonan sog‘lom yigitlar, 160 sm.dan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.

Akademiya ichki ishlar organlari uchun oliy ma’lumotli huquqshunos kadrlar tayyorlaydi.

O‘qish muddati 3 yil.

Tinglovchilar bepul oziq-ovqat, maxsus kiyim-kechak, yotoqxona bilan ta’minlanadilar va stipendiya oladilar.

Akademiyaga kiruvchilar “Tezkor qidiruv faoliyati”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati”, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash”, “Tashkiliy shtab faoliyati” mutaxassisliklari bo‘yicha Huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va tarbiya fanlari hamda chet tili fanlaridan shuningdek “Ekspert-kiriminalistika faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha kimyo, fizika va matematika hamda chet tili fanlaridan sinov imtihonlari topshiradilar. Kirish imtihonlarini abiturientlar o‘z xohishiga ko‘ra davlat yoki rus tilida topshirishlari mumkin.

Imtihonlar 1 iyuldan 15 iyulgacha o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi hamda xorijiy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar    2023 yilning 15 fevral kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan taminlash xizmatiga murojaat etishlari va qabul tartibi bo‘yicha 76-222-04-62 telefon raqami orqali to‘liq ma’lumot olishlari mumkin.

Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX

Text to speech