5 Mart 2022 yil 417

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari qadrli va mo‘’tabar ayollarimizning ko‘ngillarini shod etishdi

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qadrli va mo‘’tabar ayollarimizni ushbu ayyom bilan tabriklash orqali ularning ko‘ngillarini shod etish maqsadida, ularga gullar va sovg‘alar ulashildi.
Shuningdek, uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib, hozirgi kunda nabiralari qurshovida keksalik gashtini surayotgan Jabborova Nodira Xamidovnaning uyiga borilib, bayram munosabati bilan holidan xabar olindi.
Text to speech