30 Noyabr 2021 yil 294

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida, kasbiy tayyorgarlik oyligi davom etmoqda

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 9 noyabr kunidagi "Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o'tkazish haqida"gi farmoyishi va viloyat IIBning 2021 yil 15 noyabr kunidagi buyrug'i talablari asosida, joriy yilning 30 noyabr kuni boshqarma patrul-post va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibi o'rtasida sportning "voleybol" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Jamoalar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi.
Musobaqa yakunida g'olib jamoalar birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali medal hamda badiiy kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech