12 Dekabr 2022 yil 2251

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ta’lim muassasalarini “Huquqshunos” hamda “pedagogika” va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezerv yoki oliy ta’lim muassasalarini harbiy kafedrasini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni quyida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi:

  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asli;
  • harbiy guvohnoma asli;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma);

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning
10 dekabr kunidan 20 dekabr kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari 2022 yilning 10 dekabr kunidan oldin yoki 20 dekabr kunidan keyin qabul qilinmaydi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (76) 222-04-62

SURXONDARYo VILOYaTI IIB MMI va KBTX

Text to speech