12 Dekabr 2022 yil 2650

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov e’lon qiladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi birinchi navbatda oliy ma’lumotli huquqshunos, qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari (ma’lumoti bo‘yicha yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan) shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha (Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar yo‘nalishlarini tamomlagan, yoki tahsil olayotgan) muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan (oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno), shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan hamda haydovchilik guvohnomasiga ega, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan erkaklar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin .

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni quyida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi:

  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID -kartasi;
  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asli;
  • harbiy guvohnoma asli;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma);
  • haydovchilik guvoxnomasi;

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning
10 dekabr kunidan 20 dekabr kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari 2022 yilning 10 dekabr kunidan oldin yoki 20 dekabr kunidan keyin qabul qilinmaydi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (76) 222-04-62

SURXONDARYo VILOYaTI IIB MMI va KBTX

Text to speech