22 Noyabr 2022 yil 208

Surxondaryo viloyat IIBda saf ko‘rigi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 08-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tegishli buyruq talablari shuningdek, shaxsiy tarkibni formali kiyim-boshlarni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkibi bilan Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi hamda barcha shahar-tuman Ichki ishlar boshqarma va bo‘limlarining saf maydonlarida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarini mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida, viloyat Ichki ishlar organlarining barcha rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Text to speech