1 Mart 2023 yil 259

Surxondaryo akademik litseyida"Zulfiyaxonim izdoshlari" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 Joriy yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan akademik litsey 1-bosqich o‘quvchi qizlari o‘rtasida "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov 4 bosqichdan iborat bo‘lib, uchta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni 3/22 va 4/22-guruh qizlarining "Nafosat timsollari" jamoasi,

2-o‘rinni 5/22, 6/22 va 7/22-guruhining "Zulfiya qizlari" jamoasi egallagan bo‘lsa,

3-o‘ringa 1/22 va 2/22-guruhlarining "Bahor ifori" jamoasi sazovor bo‘lishdi. G‘olib jamoalar akademik litsey ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlanishdi

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech