8 Mart 2023 yil 181

Surxondaryo akademik litseyida "Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

 Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Aslida oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barakat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar, munis onalarimiz, opa-singillarimizdir.

Ma’lumki, har yili bahorning ilk haftasida mamlakatimizning barcha joylarida  8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tantanalari o‘tkaziladi. Unda ayollarga yanada ehtirom ko‘rsatiladi. Joriy yilning 7-mart kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida ham "Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda akademik litsey direktori podpolkovnik B.V.Buriyev Ichki ishlar vaziri general leytenant P.R.Bobojonovning sana munosabati bilan xotin qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan litsey ustozlari, ishchi xodimlari va o‘quvchi qizlarning kayfiyatini ko‘tarish uchun ajoyib sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlar va qo‘shshiqlar ijro etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech