10 Fevral 2023 yil 181

Surxondaryo akademik litseyida 9-fevral Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida 9-fevral o‘zbek she’riyatining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan "Shoirlar sultoniga ehtirom" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni akademik litsey direktori podpolkovnik B.Bo‘riev ochib berib, Navoiy hayoti, uning adabiy merosi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbirda akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan she’riy va musiqali chiqishlar hamda Navoiy hayotini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

Text to speech