25 Noyabr 2024 yil
585
Surxondaryo akademik litseyida "Ong imkoniyatlari" mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.
IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilarining ijtimoiy psixologik bilimdonligini oshirish, muloqot faoliyatida namoyon bo‘ladigan yaqqol bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni hosil qilish, samarali muloqatda namoyon bo‘ladigan zarur sifatlar, o‘zini-o‘zi to‘laroq anglash, bilim hamda o‘zgalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatlarni shakllantirish qobilyatini o‘stirish, shaxsning ijtimoiy munosabatlarini ta’minlash maqsadida "Ong imkoniyatlari" mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.
Trening davomida tezkor xotirani rivojlantiruvchi psixologik
o‘yinlar va o‘quvchilarning ruhiy holati va xarakterini aniqlovchi "Ranglar
uyg‘unligi" kabi psixologik mashg‘ulotlar olib borildi.