22 May 2025 yil
607
Surxon vohasiga tashrif buyuruvchi horijiy sayyohlar ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnun
Bugungi kunda yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga Prezidentimiz tomonidan alohida etibor qaratib kelinmoqda.
Bu esa o‘z navbatida Yangi O‘zbekistonimizning dunyo mamlakatlari ichida yanada nufuzini oshirishga va rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borasida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryoga tashrif buyurayotgan sayyohlarga kerakli xizmatlar ko‘rsatilib, turistlarning minnatdorchiligiga erishib kelinmoqda.