16 Iyul 2020 yil 910

Springlarni o'g'rilagan kim ekan?

Sariosiyo tumanida 2020 yilning 8 iyul kuni, tumanning "Galabutta" mahallasida yashovchi, E.A. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, tumanning "Galabutta" maxallasida joylashgan dala maydonidan jami 70.000.000 (etmish million) so'mlik springler (yomg'irlatib tomchilatib sug'orish) tizimini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ushbu murojaat bo'yicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu o'g'rilik jinoyatini shu tumanda istiqomat qiluvchi, S.N. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan 14 iyul kuni S.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech