3 Dekabr 2020 yil 1147

Sport –salomatlik uchun besh ming qadam

Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, oila salomatligini asrash va mustahkamlash borasida Surxondaryo viloyatida tizimli ishlar olib borilmoqda. Vohaning tog'li Boysun tumani bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar misolida ktshrishimiz mumkin.
Salomatlik – tuman boylik. Uni belgilovchi asoslar juda ko'p. Shulardan biri bu – piyoda yurish. Jismoniy mashg'ulotning ushbu turi – keksa-yu yosh uchun birdek foydalidir. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan vohaning barcha hududlarida aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga qaratilgan "5 ming qadam" aktsiyasi o'tkazib kelinmoqda. Vohaning Boysun tumanida tashkil etilgan mazkur aktsiyada 18 yoshdan yuqori bo'lgan mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi.
Yurish – barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda ko'p energiya sarflashning hojati yo'q, ijobiy ta'siri esa juda yuqori. Hududda tashkil etilgan aktsiya davomida sport mashg'ulotlarida faollik ko'rsatgan qatnashchilar ichki ishlar vazirligining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Surunkali kasalliklarning kelib chiqishi asosan kam harakat qilish hamda turli xil zararli odatlar bilan bog'liq ekani bugun hech kimga sir emas. Shu boisdan ham mamlakatimizda jismoniy faollikni oshirish, sport bilan mutaazam shug'ullanish masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 30 oktyabr kuni imzolangan farmon esa bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Aktsiya doirasida shuningdek, tumanda mahalliy aholi vakillari o'rtasida sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Muxtasar aytganda, yurish-yugurish hamda shu kabi engil jismoniy mashqlar holsizlik, semizlik va boshqa salbiy holatlarning oldini oladi, salomatlikni mustahkamlaydi. Shunday ekan har doim jismoniy faol bo'lish bilan birga yaqinlarimizga targ'ib qilaylik.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech