13 Noyabr 2020 yil 747

"Spark"dagi shubhali modda

Viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan Termiz shahar "Manguzar" mahallasi hududida joylashgan "Jomiy" bekati yonida shubhali ko'ringan "Spark" avtomashinasi to'xtatilib, ko'zdan kechiriladi. IIB xodimlarining ko'zi avtomashina saloni orqa o'rindig'idagi oq rangli sigaret quttisiga tushadi. Qutini ochib ko'rilganda ichida sof vazni 1.54 gramm "gashish" giyohvandlik moddasiga o'xshash modda borligi aniqlandi. "Topilma" xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech