8 Mart 2022 yil 313

Soha malikalari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Viloyatda o‘tkazilgan Huquqni muhofaza qilish organlari Xotin-qizlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobafada, Surxondare viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan soha malikalari ham ishtirok etib, ikki jamoa bo‘lib qatnashdilar.
O‘tkazilgan musobaqada sportning shashka, stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Musobaqaning yakuniga ko‘ra stol tennisi yo‘nalishida 1-2-3 o‘rinlarni viloyat IIB jamoasi egallashdi. Aql charhi hisoblangan shashka musobaqasida raqiblarini dog‘da qoldirib, shohsupaning 1-2 o‘rnidan joy oldi. Sportninng Voleybol turi bo‘yicha 1-3 o‘rinlarni egallab musobaqaning mutloq g‘olibiga aylanishdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Text to speech