3 Oktyabr 2024 yil
391
Skuter va mopedlar davlat raqam belgisiga ega bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomalari orqali boshqariladi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l
harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan barcha shahar va tumanlarda moped, skuter
hamda shu turdagi transport vositalaridan foydalanish uchun belgilangan talablar
mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bu borada
haydovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 iyul kunidagi
"Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi 393-son qarori bilan
belgilangan me’yorlar tushuntirildi.