13 Avgust 2022 yil
388
Sho‘rchilik qidiruvdagi shaxs Denov tumanida qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil mart oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Sho‘rchi tumanida yashovchi, A.Shokir (ism shariflar o‘zgartirilgan) 4 avgust kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Denov tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati