13 Aprel 2022 yil
1435
Sho‘rchi tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati keng jamoatchilik vakillari o‘rtasida muhokama qilindi
2022 yilning 6 aprel kuni soat 18:30 larda Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasida yashovchi X.X. ismli ayol va uning qizi M.Z.larning jasadlari yashash uyi xonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Ushbu mudhish holat bo‘yicha 13 aprel kuni Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov, tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, tegishli tashkilot va idoralar, ta’lim muassasalari rahbarlari, jinoyatni sodir qilganlikda gumonlangan shaxsning yaqin qarindoshlari, jabrlanuvchilar hamda OAVlari vakillari ishtirok etishdi.
Jinoyat muhokamasida tuman hokimi B.Xudoyberganov mazkur yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad yuz bergan voqeaning sabab va omillarini muhokama qilish va bundan tegishli xulosa chiqarib, kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olish uchun keng jamoatchilik vakillariga tushuntirish ekanligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Qurbonov jinoyat tafsilotlari haqida so‘zlab berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sariosiyo tumani “Toqchiyon” mahallasida ro‘yxatda turgan, ammo Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi S.N. Rossiya davlatiga ishlashga ketib, turmush o‘rtog‘i Z.M. unga xiyonat qilib kelganligini bilib, shu yili yanvar oyida qaytib keladi. Kelishi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini o‘zi bilan olib qolib, turmush o‘rtog‘ini u bilan ajrashish maqsadida, uydan chiqarib yuboradi. Shundan so‘ng, er-xotin o‘rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlanadi. S.N. sobiq xotining akasiga Z.M. uni tinch qo‘yishi lozimligini, farzandlarini olish uchun sudga ariza bermasligini, agar ariza bergan taqdirda uni o‘ldirish bilan tahdid qiladi. Biroq, Z.M. sud orqali farzandlarini o‘ziga olish uchun da’vo ariza yozib, taqdim qilish choralarini ko‘rayotganligini bilib, undan o‘ch olish maqsadida reja tuzadi. Turmush o‘rtog‘i Z.M.ga o‘g‘li Axtamni (ism sharif shartli ravishda o‘zgartirildi) ko‘rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanligini aytib, o‘zining “Neksiya-3” rusumli transport vositasida turmush o‘rtog‘i Z.M.ning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasidagi yashash uyiga boradi. O‘g‘lini qaynonasi X.X. va turmush o‘rtog‘i Z.M. bilan uchrashtiradi. Va uydan chiqib, o‘g‘li Axtamni avtomashina ichiga qo‘yib, qaynonasi va xotinini uxlashini kutib, o‘ziga qulay vaqt paydo bo‘lganidan so‘ng, yashash uyiga kirib, ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X.ni va xotini Z.M.ni bo‘yin qismiga o‘tkir kesib-sanchuvchi jism bilan tan jarohati yetkazadi. Ular ko‘p qon yo‘qotish natijasida voqea joyida vafot etadi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i so‘z olib, tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi olib borilayotgan ishlar yetarli darajada emasligi, og‘ir turdagi jinoyatlar salmoqli darajada ekanligi, voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar ortib borayotganligi qattiq tanqid qilinib, jinoyatning asl kelib chiqish sabablarini muhokama qilish uchun Sariosiyo va Sho‘rchi tumani mahalla raislari, xotin qizlar bo‘yicha maslahatchilari, profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligini tanqid qildi.
Jinoyat jabrlanuvchilari hamda jinoyat sodir qilishda gumonlangan shaxsning yaqinlari, tuman mahalla oqsoqollar kengashi raislarining ham fikrlari tinglandi.
Muhokama jarayonida Sho‘rchi tumani “Olatemir” mahallasida yana bitta qotillik jinoyati sodir etilgani va uning tafsilotlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar ham muhokama qilinib, maktab direktorlarining jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘yganligi va ularning faoliyati ham qattiq tanqid qilindi.
Muhokama yakunida jinoyatchilikka qarshi kurash, ularning barvaqt oldini olish borasida tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, bu borada xato va kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar faoliyatiga huquqiy baho berilishi bo‘yicha qattiq ogohlantirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati