30 Iyul 2023 yil 345

Sho‘rchi tumanida bezorilik jinoyatini sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sho‘rchi tumanida 2023 yil 17 iyul kuni soat 18-00 larda, tumanning “Ko‘klam” mahallasida yashovchi, S.Sarvar (ism shariflar o‘zgartirilgan) jamoat joyi hisoblangan tuman markazida joylashgan savdo do‘koni oldida, shu tumanda yashovchi, Sh.Sherzodni jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan qo‘li bilan duch kelgan joyiga urib, tan jarohati yetkazgan. 23 iyul kuni S.Sarvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech