6 Dekabr 2022 yil 327

Sho‘rchi tumanida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 17 noyabr kuni soat 22.00 larda, tumanning “Bo‘ston” mahallasi hududida joylashgan oshxonasi oldida, tumanning “Xurlik” mahallasida yashovchi, D.Shavkat (ism shariflar o‘zgartirilgan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan tumanning “Bo‘ston” mahallasida yashovchi, Sh.Arslonni qo‘li bilan duch kelgan joyiga urib, tan jarohati yetkazgan. 22 noyabr kuni D.Shavkatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech