26 Iyul 2021 yil
468
Sho'rchida o'zaro janjal oqibatida jinoyat sodir etildi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 15 iyul kuni soat 18.30 larda, tumanning "Laylakxona" mahallasida yashovchi, B.Abdumalikni tumanning "Xo'shchekka" mahallasi hududida dalada, tumanning "ozod" mahallasida yashovchi, M.Shuhrat o'zaro janjallashishi oqibatida qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, B.Abdumalikka "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati etkazgan. 21 iyul kuni M.Shuhratga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati