1 Sentyabr 2022 yil
333
Shodiyona kunlari shodlik ulashilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joylarda «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida, har sohada bo‘lgani kabi, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ham uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan hozirda keksalik gashtini surayotgan shuningdek, ichki ishlar tizimida faoliyat yuritib xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari xolidan xabar olinib, bayram sovg‘alari hamda shukuhi ulashilmoqda. Ular bilan dildan qilingan suhbatlar asnosida, muammolari ham o‘rganilmoqda.
Bayram munosabati bilan ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi tadbirlar ichki ishlar organlari tizimida davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati