6 Iyul 2021 yil
571
Sherobodlik nuroniylar Samarqand viloyatining tarixiy joylariga sayohat qilishdi
Joriy yilning 23-26 iyun kunlari Sherobod tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik O'.Shukurovning tashabbusi bilan tumanning "Istiqbol" mahallasida istiqomat qiluvchi 14 nafar nuroniylar "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!"shiori ostida sayohat uyushtirildi. Ushbu sayohatda qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida bo'lishdi. Shundan so'ng sayyohlik avtobusi qadimiy shahardagi betakror tarixiy obidalar tomon harakatlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati