19 Dekabr 2022 yil 376

Sherobodlik qidiruvdagi shaxs tuman hududida qo‘lga olindi

Sherobod tumanida 2022 yil oktabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Sherobod tumani “Chag‘atoy” mahallasida yashovchi, S.Sobir (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil 3 dekabr kuni viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech