18 Noyabr 2021 yil
436
Sherobodlik ayol tomorqasini sotishini aytib, pullarni o'zlashtirib ketdi
Sherobod tumanida 2021 yil 2 noyabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, Sherobod tumanida yashovchi, S.Sardor tuman IIBga murojaat qilib, unda 2019 yil yanvar oyida, shu tumanda yashovchi, X.Surayyo ishonchiga kirib, "0.15 yer maydonini sotaman"-deb, 25.000.000 (yigirma besh million) so'm pulini aldab olib ketganligini bildirgan. 2 noyabr kuni X.Surayyoga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati