1 Aprel 2023 yil 269

Sherobodda qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Sherobod tumanida 2023 yil yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, J.Chori (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2023 yil 24 mart kuni viloyat IIB JXX JTSB PPXB tumanlararo PPX otryadi hamda tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech