17 Sentyabr 2021 yil
417
Sherobodda qidiruvdagi firibgar qo'lga olindi
Toshkent shahrida 2021 yil 18 may kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Sherobod tumani "Balxiguzar" mahallasida yashovchi, R.Boymurod 2021 yil 11 sentyabr kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan Sherobod tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati