24 Avgust 2021 yil
479
Sherobodda Mustaqillik shodiyonasi oldidan faxriylar qadrlanib, o'tganlar yod etildi
Sherobod tumani ichki ishlar bo'limi rahbariyati va xodimlari, ichki ishlar bo'limi faxriylar kengashi raisi tomonidan ichki ishlar organlari tizimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan iste'fodagi xodimlar hamda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a'zolari holidan xabar olinib, xonadon egalarini Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami bilan tabriklab, ularga ezgu tilaklar bildirildi. Bayram munosabati bilan sovg'a-salomlar ulashildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati