Sherobodda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tungi reydlar o'tkaziladi
Joriy yilning 26 maydan 27 mayga o'tar kechasi tumanning 2-sektor hududida tuman IIB boshlig'i O'.Shukurov hamda tuman prokurori o'rinbosari R.Xolmurzaevlar ishtirokida tungi reyd bo'lib o'tdi. Unda yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari shuningdek sohaga oid mas'ullar qatnashishdi. Reydlarda asosiy e'tibor qo'pol qoidabuzarliklar sodir etib yurgan haydovchilarni, ichki ishlar organi probasiya guruhi nazorati ostida turuvchi shaxslar bilan tungi vaqtlarda kech soat 22:00 dan ertalab soat 6:00 kecha o'z xonadonida bo'lishi, spirtli ichimliklar iste'mol qilmasligi, tuman hududidan chiqmasligi va boshqa bir qator cheklovlar o'rnatilgan shaxslar o'rganildi. Fuqarolar tomonidan o'ziga tegishli bo'lgan chorva mollarini dalalarda qarovsiz qoldirish, voyaga etmagan shaxslarni tungi vaqtlarda sababsiz yurganlik holatlarini aniqlash va boshqa kriminogen vaziyatga ta'sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratiladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati