8 May 2023 yil 331

Sherobod tumanida, o‘tganlar xotirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida farmoyishi hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi farmoyishlari  ijrosini ta’minlash hamda 9- may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan ichki ishlar organlari tiztimlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib xizmat vaqtida vafot etgan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida turli rahbarlik lavozimida ishlagan marhum podpolkovnik R.Boboqulov va Sherobod tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi turli lavozimlarda faoliyat olib borgan marhum serjan A.Sultonovlarning oilasidan Sherobod tuman IIB rahbariyati hamda safdoshlari tomonidan xabar olinib, yurt tinchligi va el farovonligi yo‘lidagi xizmatlari yodga olinib, ularning haqqiga Qur’on tilovat qilindi.

Text to speech