25 Noyabr 2022 yil 205

Sherobod tumanida Probatsiya nazoratida turgan shaxslar uchun “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan, vohamizda joriy yilning 20 noyabr kunidan 20 dekabr kuniga qadar “Probatsiya oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularni foydali mehnatga jalb qilish maqsadida kuni kecha Sherobod tuman IIB hamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan mahkumlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik R.Ro‘ziev hamda tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik O‘.Shukurovlar ishtirok etib, probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan suhbatlashishdi.

Ushbu mehnat yarmarkasida ishtirok etgan bir guruh shaxslar o‘zlariga to‘g‘ri kelgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishdi.

Text to speech